E-IJRO AUKSION: bir kunda 5,6 mlrd so‘mlik yer uchastkalari sotildi
Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi orqali tadbirkorlik faoliyati uchun mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqning sotilishi yo‘lga qo‘yilgani yer uchastkalarini ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida sotib olish imkoniyatini yaratdi.
2020 yilning 15 iyun kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi «Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» tomonidan tashkil etilgan onlayn-auksionlarda jami boshlang‘ich narxi 678 mln so‘m bo‘lgan 169 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalariga o‘rtacha 8 baravar qimmatroq narx taklif qilinib, savdolar natijasida 5,6 mlrd so‘mga sotildi.
Qimmat sotilgan yer uchastkalari bilan tanishing:
1. Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidan boshlang‘ich narxi 8,2 mln so‘m bo‘lgan yer uchastkasi 326,7 mln so‘mga sotildi. Ushbu yer uchastkasi 40 baravar qimmatroqqa realizatsiya qilindi.
2. Surxondaryo viloyati, Termiz shahridan boshlang‘ich narxi 3,2 mln so‘m bo‘lgan yer uchastkasi 143,6 mln so‘mga sotildi. Ushbu yer uchastkasi 45 baravar qimmatroqqa realizatsiya qilindi.
3. Xorazm viloyati, Xiva tumanidan boshlang‘ich narxi 2,4 mln so‘m bo‘lgan yer uchastkasi 607,1 mln so‘mga sotildi. Ushbu yer uchastkasi 253 baravar qimmatroqqa realizatsiya qilindi.
Ma'lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 1023-sonli qaroriga asosan o‘rnatilgan yangi tartibga ko‘ra endilikda, xaridor yer uchastkasini auksionda olganidan so‘ng qurilish talablari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash uchun sarson bo‘lmaydi, barcha texnik shartlar auksionga qadar tasdiqlanadi.
Shu bilan birga, yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksion orqali sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari «Davergeodezkadastr» qo‘mitasining maxsus hisobraqamiga ko‘chiriladi va Qo‘mita tomonidan mablag‘ning asosiy qismi tuman (shahar) hokimliklarining hisobraqamlariga aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadlarida foydalanish uchun hamda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazib berilishi ko‘zda tutilgan.
Sizda ham elektron onlayn auksionda yer uchastkasini xarid qilish uchun qulay fursatdan foydalangan holda, uyingizdan turib onlayn savdolarda qatnashing.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi «Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» DUK
Mavzuga oid
09:27 / 02.12.2020
«E-IJRO AUKSION»: Yer qa'ri uchastkalari 199 mlrd so‘mga sotildi
14:45 / 01.12.2020
«E-IJRO AUKSION»: yirik mehmonxona majmuasi savdoga chiqarildi
18:43 / 11.11.2020
«E-IJRO AUKSION»: Tashqi reklama obektlari bo‘yicha auksionlar o‘tkazildi
12:25 / 13.10.2020