BMTning «SOVID-19 va inson taraqqiyoti: inqirozni baholaş, qayta tiklanişni rejalaştiriş» dasturida aytilişiça, pandemiya inson taraqqiyotining ayrim jabhalarida 40 yildan buyon körilmagan yöqotişlarga sabab bölmoqda.
2020 yil Insoniyat taraqqiyoti indeksida u işlab çiqilgan 1990 yildan beri birinçi katta pasayiş qayd etilişi kutilmoqda. Bunga ta'lim, tibbiyot va turmuş darajasida kuzatiladigan özgarişlar sabab böladi. Bunda ayniqsa rivojlanayotgan davlatlar köproq zarar köradi, deb yozmoqda Jahon iqtisodiy forumi BMT tahlillariga tayanib.
«Bu dunyo oxirgi 30 yilda köp inqirozlarni kördi. Har biri insoniyat taraqqiyotiga qattiq zarar yetkazdi. Biroq baribir insoniyat taraqqiyoti töxtamagan, yildan yilga rivojlanib boravergan. COVID-19 esa trendni özgartirib yubordi», – deydi BMT Taraqqiyot dasturi direktori Axim Ştayner.
#COVID19 is unleashing an unprecedented development crisis.
— UN Development (@UNDP) May 27, 2020
Our new #HDPerspectives offers data-driven solutions for us to #BuildBackBetter with #PartnersAtCore. Read the report now: https://t.co/F8GuH6COrd pic.twitter.com/smTVlYtV8D
Virus tufayli dunyo iqtisodiyotida 1930 yillardagi Buyuk depressiyadan keyingi davrdagi eng keskin qulaş röy bermoqda.
Pandemiya oqibatida keyingi 6 oyda kuniga 6 mingtadan oldini oliş mumkin bölgan bolalar ölimi röy berişi mumkin.
Maktablar yopilişi bilan ta'limga qamrab olingan bolalar uluşi 1980 yillardagidan ham kamroq darajaga tuşib qoldi. Karantin tufayli internetga ulaniş imkoni yöq odamlar jamiyatdan ajralib qoldi, ijtimoiy tengsizlik kuçaydi.


















