O‘zbekiston | 09:59 / 17.06.2020
105118
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda koronavirus aniqlangan 104 nafar bemor qaysi hududlardan ekani ma'lum qilindi

Viloyat bo‘yicha jami 1732 nafar fuqaro karantin muassasalarida saqlanmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 16 iyundagi ma'lumotiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida COVID-19 koronavirus infeksiyasi qayd etilish holatlari soni 104taga oshib, jami 161taga yetdi (shundan 6 kishi sog‘ayib chiqqan). 

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabarida aytilishicha, yangidan kasallik qayd etilgan 104 bemorning barchasi karantin muassasalarida saqlanayotganlar orasida bo‘lgan. Ularning 66 nafari Qozog‘iston, 5 nafari Turkiya fuqarolari, 10 nafari vohada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy korxona ishchilari, 1 nafari viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimi, 20 nafari Kitob, 2 nafari Chiroqchi tumanlaridan (koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasidan).

2020 yil 16 iyun holatida viloyat bo‘yicha jami 1732 nafar fuqaro karantin muassasalarida saqlanmoqda. 

Ularning 342 nafari statsionar, 1390 nafari uy karantinida. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid