Xorijda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish imtihonlari qayta tiklandi
Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish imtihonlarida ishtirok etuvchilar ro‘yxatiga Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatining epidemiologik jihatdan barqaror hududlarida istiqomat qiluvchi talabgorlar kiritilgan. Boshqa talabgorlar uchun sinovlar qachon va qay tartibda tashkil etilishi bo‘yicha esa qo‘shimcha axborot beriladi.

Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Feruza Madrahimova AOKAda o‘tkazilgan onlayn brifingda xorijda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun o‘tkaziladigan imtihon muddatlarini ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun navbatdagi imtihon 18 iyun kuni Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi binosida bo‘lib o‘tadi.
Respublikada karantin cheklovlari joriy etilgandan buyon hozirga qadar xorijiy davlatlarda olingan hujjatlarni tan olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlar to‘xtatilgan edi.
«Navbatdagi imtihonda «Huquqshunoslik», «Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot», «Iqtisodiyot», «Qishloq xo‘jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish» hamda «O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar» sohalari bo‘yicha sinov testlari o‘tkaziladi», deya qayd etdi inspeksiya vakili.
Imtihonda ishtirok etuvchilar ro‘yxatiga Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatining epidemiologik jihatdan barqaror hududlarida istiqomat qiluvchi talabgorlar kiritilgan. Boshqa talabgorlar uchun sinovlar qachon va qay tartibda tashkil etilishi bo‘yicha esa qo‘shimcha axborot beriladi.
«Ertadan boshlanadigan sinovlar karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan holda o‘tkaziladi. Talabgorlar tibbiy niqobda bo‘lishi talab etiladi.
Sinov testlariga o‘z vaqtida kelmagan yoki ishtirok etuvchilar ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan talabgorlar va tibbiy niqobda bo‘lmagan shaxslarga imtihonga kirishga ruxsat berilmaydi», dedi Feruza Madrahimova.
Shuningdek, fuqarolardan kelib tushayotgan arizalar asosida keyingi imtihonlar hududlarning o‘zida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bunda joylardagi epidemiologik vaziyat barqarorligiga alohida etibor beriladi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Parijda «Xudoybergan Devonov merosi» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 17:42
-
AQSh Alyaskani Rossiyaga qaytarish istiqbollarini muhokama qilmoqda
Jahon | 17:34
-
SF Airlines aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 17:28
-
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 17:25
Mavzuga oid

13:43 / 26.02.2025
Janubiy koreyalik talaba ko‘zlari yordamida dissertatsiya yozib, magistraturani muvaffaqiyatli tamomladi

14:36 / 21.08.2023
«Soxta diplom tufayli obro‘yim bir pul bo‘lgandi» – sobiq IIB xodimining tazarrulari

13:08 / 04.11.2022
Jizzaxda soxta diplom yasab sotuvchi jinoiy guruh ushlandi

07:21 / 28.10.2022