Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning ikki shtatida koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi
Foto: AP Photo / David J. Phillip
Arizona shtatida oxirgi 24 soat ichida 2519 ta kasallanish holati qayd etilgan. Bu shtat uchun rekord hisoblanadi.
AQShning Arizona va Florida shtatlarida koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi, deb ma'lum qildi shtatlar hukumatlari.
Florida sog‘liqni saqlash departamenti ma'lumotiga ko‘ra, shtatda oxirgi sutkada 3207 ta holat qayd etilgan, bu seshanba kuni qayd etilgan rekord ko‘rsatkichdan qariyb 500taga ko‘p demakdir. Shtatda qayd etilgan kasallikka chalinish holatlari 85 mingdan oshgan.
Arizona shtatida oxirgi 24 soat ichida 2519 ta kasallanish holati qayd eilgan. Bu shtat uchun rekord hisoblanadi. Arizonada kasallikka chalinganlar soni 43,4 mingdan oshgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 2 mln 247 mingga yaqinlashgan, 120,2 mingdan ortiq kishi kasallikdan vafot etgan.
Mavzuga oid
22:54 / 27.04.2026
Aroqchi Putinga AQSh bilan muzokaralarga nima to‘sqinlik qilayotganini aytdi
08:51 / 27.04.2026
Tramp: eronliklar gaplashishni istasa, oldimizga kelishi yoki qo‘ng‘iroq qilishi mumkin
11:09 / 26.04.2026
Yaqin Sharqda yadroviy muvozanat | “Geosiyosat”
10:40 / 26.04.2026