Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina harbiylarda sinala boshlandi
Rossiya mudofaa vazirligi Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinaning sinovini boshladi. Vaksinani ilk 18 ko‘ngilli harbiy olgan.
Ta'kidlanishicha, vaksina kiritilgandan keyin tajriba ishtirokchilarida ikkilamchi ta'sirlar va asoratlar kuzatilmayapti, ular sog‘liqlaridan shikoyat qilmayapti.
Sinovlar Burdenko nomidagi gospitalda o‘tkazilmoqda. Vaksina olganlar shifokorlar kuzatuvida qoladi. Bir necha kundan keyin vaksinani tadqiqotning barcha ishtirokchilariga kiritish rejalashtirilmoqda.
Sinovlarda 38 kishidan 2 guruh ishtirok etadi. Ularda ham harbiylar, ham fuqarolar ishtirok etmoqda. Avvalroq ular maxsus saralashdan o‘tishgan.
“Emlashdan keyin barcha ko‘ngillilar statsionar sharoitda 28 kun qoladi. U yerda shifokorlar ularning holatini nazorat qiladi: qon tahlillari olinadi, immun javobi shakllanayotgani, vaksinaga nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lmagani kuzatiladi”, deb ma'lum qilingan vazirlikda. Vaksinani olgan ko‘ngillilar statsionardan chiqarilgach, yana 6 oy davomida shifokorlar nazoratida bo‘ladi.
Rossiya mudofaa vazirligi 16 iyunda koronavirusdan “Gam-KOVID-Vak” va “Gam-KOVID-Vak Lio” vaksinalarini odamlarda sinashga ruxsat bergan. Ta'kidlanishicha, gap bitta vaksinaning ikki xil shakli haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026