Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Energetik tejamkorlik jamg‘armasi» tashkil etilishi kutilmoqda
Senatning 5-yalpi majlisida «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun ma'qullandi. Mazkur qonun bilan «Energetik tejamkorlik jamg‘armasi»ni tashkil etish masalasi ko‘zda tutilmoqda.
Energetika vaziri Alisher Sultonov jamg‘armaning maqsadlari haqida ma'lumot berdi.
«Jamg‘arma mablag‘lari barcha sohalardagi energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishga sarflanadi. Shuningdek, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarda energiya auditini o‘tkazishni moliyalashtirish ham jamg‘arma maqsadlari sifatida belgilanmoqda.
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish shaffofligini ta'minlash maqsadida kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Mablag‘lar taqsimoti inson omilisiz, onlayn tarzda amalga oshirilishi nazarda tutilgan», deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinishicha, mazkur jamg‘arma yakuniy iste'molchilarga yetkazib beriladigan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun energiya ta'minoti korxonalari hisob-raqamlariga tushadigan kunlik mablag‘lardan 1 foiz miqdoridagi ajratma, xalqaro donor tashkilotlari va moliya institutlarining kreditlari va grantlari, jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish natijasida kelib tushadigan tushumlar hisobiga tashkil etiladi.
Shuningdek, qonunga energiya samaradorlik ko‘rsatkichlariga tovarlarning muvofiqligi bo‘yicha majburiy sertifikatlanishi to‘g‘risidagi norma kiritilmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 21.12.2025
Energetikada katta iste’fo va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
09:47 / 20.12.2025
Mehnat inspeksiyasi hisoboti Senatda tanqid qilindi: nazorat 32 foizga kamaygan
16:43 / 19.12.2025
“Uchta O‘zbekistonni boqadigan gaz”, iste’fo talabi va sirli tayinlov – Alisher Sultonov faoliyatiga nazar
18:17 / 18.12.2025