«Içki va taşqi qarz olişni tanlaşda menimça reyting agentliklaridan biri aytib ötganidek, valuta böyiça prognozlar masalasini inobatga olişimiz kerak. Çunki taşqi qarz 50 foizmi, yoki 55 foizmi, bu xavfli daraja emas. Taşqi bozorning barqarorligi haqidagi haqiqiy masala valutaning kelajagi bilan boğliqmi yoki yöqmi degan savol beriş kerak deb öylayman», dedi professor.
U Özbekiston davlat qarzi dinamikasi böyiça ham öz fikrlarini bildirdi.
«Dunyodagi har bir mamlakat moliyaviy xarajatlarni amalga oşiryapti va qarz olyapti. Çunki hamma davlatlar bir xil vaziyatda. Şuning uçun menimça, Özbekiston qarzlari dinamikasi va tarkibiga nazar taşlasangiz, unda ijobiy tomonlar şunçalik köpki, bundan taşvişlanmaslik kerak, degan xulosaga kelasiz.
Menimça, asosiy masala qarzning YaIMga nisbati bilan belgilanadi. Şuning uçun savol YaIMning qay darajada rağbatlantirilişi va buni osonlaştiriş bilan boğliq. Men şuningdek, akademik Rauf Salaxöjayevning tadqiqotida aytib ötilgan YaIMga nisbatan qarzning 90 foizlik çegarasi haqida qisqaça izoh berib ötmoqçiman.
Aslida, eng muhim narsa bu qarz çegarasi emas, balki uning işlatilişi. Resurslardan foydalaniş samaradorligiga qaraş kerak», dedi Denni Leypsiger.
Eslatib ötamiz, Kun.uz axborot hamkori sifatida iştirok etgan «Munozara klubi»ning ilk muhokamalari 13 iyun kuni bölib ötdi. Batafsil videoreportaj bilan uşbu havola orqali tanişişingiz mumkin.












