«Uç yil oldin içimlik suvi ta'minotini yaxşilaş uçun OTBdan 120 mln dollar qarz olingan edi...»
– Munozara klubining ilk yiğilişini kuzatib ötirib, bir qator mulohazalar, savollar tuğildi. Birinçi savolim taşqi qarzning samaradorligi bilan boğliq. Hammamiz bilamiz, taşqi qarzning miqdori katta ahamiyatga ega, lekin taşqi qarzni işlatiş samaradorligi undan ham muhim masala hisoblanadi.
Biz oçiqlik yölidan ketyapmiz. E'tibor bersangiz, taşqi qarzimizning portfeli, strukturasi sönggi yillarda oçiq e'lon qilib borilyapti. Bu böyiça savol bölişi mumkin emas. Lekin uning işlatilişiga kelganda, ya'ni taşqaridan qarz sifatida olinayotgan milliardlab dollar qanday işlatilyapti, qaysi manbalarga yönaltirilyapti – bu töğridagi axborotlarni oliş judayam qiyin. Agarda şu masalada ham oçiqlik yölidan yurganimizda taşqi qarzni samarali işlatiş masalasida katta iş qilgan bölardik.
Köp muhokama qilinganiga qaramay, taşqi qarz samaradorligi faqat uning hajmi va YaIMga nisbatan uluşiga boğliq emas. Ayrim davlatlar uçun hatto YaIMning 25 foizi miqdoridagi qarz ham xavfli, ayrim davlatlar uçun 125 foizi ham qörqinçli emas. Şu ma'noda jalb qilingan taşqi qarzning özlaştirilişi şaffofligi va oçiqligiga köproq e'tibor qaratiş kerak böladi.
Masalan, 3 yil avval Osiyo taraqqiyot bankidan Toşkent viloyati Qibray, Toşkent va Zangiota tumanlarida içimlik suvi ta'minotini yaxşilaş uçun 120 mln dollar qarz olingan. Örtada ijroçilar bilan tegişli şartnomalar tuzilgan. Şu pulning qançasi özlaştirilgan, kim buyurtmaçi, kim pudratçi, kim subpudratçi – noma'lum. Sanab ötilgan tumanlarda uç yil avval suv ta'minoti borasida qanday muammolar bölgan bölsa, haliyam şu muammolar bor.
Agar bu tumanlarda yaşovçi aholi buyurtmaçilar va ijroçilarni tanişganda, qarzning qança qismi berilgani, özlaştirilganini bilişda mas'ullardan buning hisobini söragan bölişardi.
Bundan kelib çiqadiki, taşqi qarz böyiça nafaqat jalb qiliş borasida, balki işlatilişida ham oçiqlikni oşiriş kerak. Şundagina jamoatçilik ta'siri va bosimi, nazorati ostida sifat şakllana boşlaydi. Şundagina taşqi qarz yangi boylar paydo bölişida emas, keng aholi qatlami turmuş darajasida aks etadi.
«Mahalliy hokimliklar taşqaridan qarz jalb qilişiga yöl qöyilmasligi kerak»
– Meni qiziqtirgan ikkinçi masala şuki, keça tasodifan Toşkent şahar hokimiyati Fransiya taraqqiyot agentligidan hukumat kafolati ostida 200 million dollar jalb qilişni rejalaştirayotgani haqidagi hujjatga közim tuşib qoldi. Qarzlar yöl infratuzilmasi, xususan bekatlarni yangilaşga işlatilar ekan – özingiz tuşungandirsiz.













