Zohidjon Asqarov, Toşkent xalqaro Vestminster universiteti ma'ruzaçisi:

– Taşqi qarz oliş yaxşi, lekin uning yomon tomoni ham bor. Ya'ni ma'lum bir çegaragaça yaxşi, undan keyin bu YaIMga negativ ta'sir qilişi mumkin. Lekin qançagaça yaxşi va qançadan keyin yomon? Odil aka Isoqov aytib ötdilar, Özbekiston böyiça hisob-kitob qilişganida çegara 55 foizni taşkil qilar ekan. Men bu raqamlar böyiça juda ehtiyotkor bölişni tavsiya qilgan bölar edim.
Ekonometrika modelini tuzib, u yerda davlat taşqi qarzining YaIMga ta'siri va uning çegarasini hisoblaşda sizlar uning kvadratini olasizlar. Bu tajriba sizga bitta narsada yaxşi xulosa beradi, ya'ni qarz oliş ma'lum darajagaça yaxşi, keyin yomonligini körsatadi xolos. Lekin aniq 55 foiz, 90 foiz, ma'lum bir mamlakat böyiça 34 foiz deb berilişi juda ham muşkul.
Bu nisbiy çegaradir. U noaniq. Boşqa özgaruvçilarni qöşib hisoblasangiz, 35 foiz yoki 75 foiz çiqişi mumkin. Bu yerda asosiy masala ana şu taşqi qarzdan qanday qilib foydalaniş. Uning samaraliligini nazorat qiliş. Ya'ni taşqi qarzni investitsiya qilganda uning samaradorligi – u böyiça tölanadigan foizlar yoki asosiy qarz va amortizatsiyani ma'lum bir muddatgaça qoplaydi. Lekin ma'lum bir muddatgaça qisqarib boradi. Şuning uçun muddat böyiça çegarani belgilab oliş kerak.
Mening tavsiyam 55 foiz bu aniq ma'lumot emas, bu böyiça ehtiyot böliş kerak.
Mamarizo Nurmuratov, Markaziy bank raisi:

– Bugungi kundagi Özbekistondagi qarz oliş, qarz ösayotganini biz vaziyat bilan ham boğlaşimiz kerak. Çunki karantin şaroiti va u bilan boğliq inqirozdagi siyosatimiz bilan hozir umumiy taşqi qarz siyosatimiz özgardi, degan xulosa qilişimiz kerak emas. Çunki inqirozdan ötgandan keyin bu narsa sekinlaşadi. Buni ham inobatga olişimiz kerak.
Agar oxirgi inqiroz bilan boğliq olingan qarzlarni çegirib taşlab qaraydigan bölsak, boşqaça vaziyat böladi. Bugun biz qarz oldik deganimiz, Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasiga olingan qarzlar yoki boşqa yönalişdagi qarzlar doimiy ketma-ketlikda, şunday progressiyada böladi, degan xulosaga olib kelmasligi kerak.
Bu yildan boşlab tölov balansini tuziş, örganiş Markaziy bank vakolatiga ötganidan keyin şu narsani kördikki, bugungi kunda taşqi qarzning xizmat körsatiş darajasi sönggi çorakda davlat budjeti xarajatining 1,5 foizi atrofida. Umumiy qarzni köradigan bölsak, bu eksportga 4 foiz atrofda nisbatda bölyapti. Şuning uçun buni muhokama qilayotganda, taşqi qarz ösib boryapti deganda, şu narsani inobatga oliş ma'qul böladi.













