Uch hududda aholi orasida koronavirus aniqlandi, jami holatlar soni 5900dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 65 kishida koronavirus aniqlangani, Toshkent shahri, Toshkent va Namangan viloyatlarida aholi orasida virus chiqqani haqida xabar berdi.
«2020 yil 19 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5920 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 36 nafari Toshkent shahrida (shundan 22 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 14 nafari aholi orasida), 12 nafari Xorazm viloyatida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 8 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 2 nafari aholi orasida), 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 3 nafari aholi orasida), 1 nafari esa Andijon viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida qayd etilgan», deyiladi xabarda.
Bugun hozircha 153ta yangi holat aniqlandi, 74 nafar bemor sog‘ayib, kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 4273 nafarga yetdi.
Hozirda shifoxonalarda 1628 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022