Jahon | 20:11 / 20.06.2020
7427
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

S&P: Turonbank 2020 yilgi xalqaro kredit reytingda ham “Barqaror”likni saqlab qoldi!

Xalqaro nufuzli reyting kompaniyasi - “S&P Global Ratings” agentligi Turonbank kredit reytingini «V/B» darajasida tasdiqlab, uning istiqbolini «Barqaror» deya e'tirof etdi. Ushbu daraja bankning asosiy ko‘rsatkichlari o‘sish sur'atlarining samarador ekanligi, kreditlash salohiyatining yuqoriligi, mijozlar, hamkorlar va sarmoyadorlari oldida ishonchliligini ifodalaydi.

“S&P Global Ratings” agentligi ushbu reytingni aniqlashda Turonbankning yillik moliyaviy faoliyati, kapitallashuv darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalardagi ishtiroki, kutilmagan pandemiya sharoitidagi faolligi kabi qator muhim jihatlarni o‘rganib, tahlil qildi.

Ma'lumot o‘rnida aytish joiz, Turonbank o‘zining kredit reyting ko‘rsatkichlarini yildan – yilga yaxshilab bormoqda. Xususan, 2012 yilda“S&P Global Ratings” bankka «V-/S» darajasini bergan bo‘lsa, 2017 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich «V-/B» darajasida belgilangan, 2018 yilda esa reyting bahosi «V/B» darajasiga ko‘tarildi va mana ikki yildirki “Barqaror” ko‘rinishda saqlanib qolinmoqda.

Yetakchi reyting kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ushbu xalqaro darajadagi reyting Turonbank faoliyati samaradorligini hamda o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarayotganligini bildiradi. Bu esa uning xalq farovonligi yo‘lida mehnat qilayotganidan dalolatdir.

Ma'lumot uchun:

Sayt: turonbank.uz

Telegram: t.me/turonbankuz

Facebook: fb.com/turonbank

Instagram: instagram.com/turonbank

Call-center: (+998 95) 144-60-00

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid