
2022 yilning 10 avgust kuni Turonbank faoliyatini töliq transformatsiya qiliş yuzasidan Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan navbatdagi kelişuv şartnomasi imzolandi.
Zamonaviy bank xizmatlariga bölgan talab kundan kunga oşib borayotgan paytda Özbekiston moliya bozorida özining munosib reytingiga ega Turonbank tomonidan mijozlar uçun qulay va innovatsion xizmatlarni taklif etiş maqsadida zamonaviy transformatsiya jarayonlari amalga oşirilyapti. Bank faoliyatida eng sönggi texnologiyalarni qöllagan holda iş yurituvini joriy etiş, oson, tezkor va sifatli bank mahsulotlarini işlab çiqiş muhim sanaladi.
Şu maqsadda bank nufuzli xalqaro moliya taşkilotlari bilan ham ijobiy aloqalarni yölga qöygan. 2021 yildan boşlab Jahon banki guruhiga kiruvçi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan örnatilgan hamkorlik munosabatlari bunga misol böla oladi. Uning natijasida dastlabki bosqiçda Turonbank faoliyati çuqur tahlil qilindi.

Özaro hamkorlikning navbatdagi ikkinçi bosqiçi esa 2022 yildan boşlanib, unda IFC ekspertlari tomonidan bankning joriy operatsiyalari, kredit jarayonlari, risklarni boşqariş, korporativ boşqaruv böyiça batafsil baholaş olib borildi hamda moliya muassasasining biznes jarayonlari diagnostikadan töliq ötkazildi. Natijada, xususiylaştirişga tayyorgarlik köriş uçun Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan hamkorlikda Turonbankni 2022-2025 yillar davomida töliq transformatsiya qiliş böyiça “Yöl xaritasi” işlab çiqildi.
Navbatdagi kelişuvda esa Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan bank faoliyatini töliq transformatsiya qiliş böyiça şartnoma imzolandi.

Tadbirda “Turonbank” ATB Boşqaruv raisi Çori Mirzayev, IFC bilan imzolangan mazkur hamkorlik kelişuvi davlatimiz rahbarining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga möljallangan Özbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qiliş strategiyasi töğrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan olib borilayotgan işlarning mantiqiy davomi ekanligini qayd etdi.
Xalqaro moliya korporatsiyasining (IFC) yaqin Şarq, Markaziy Osiyo, Turkiya, Afğoniston va Pokiston böyiça moliya institutlari guruhi menejyeri Mexmet Mumdjuogluning ta’kidlaşiça, “Turonbank” ATB bilan tuzilgan strategik hamkorlik hukumatning iqtisodiyotdagi uluşini kamaytiriş böyiça amalga oşirilayotgan sa’y – harakatlarning muhim bosqiçlaridan biridir.
“Biz Turonbank bilan özaro ijobiy aloqalarni yölga qöyganligimizdan mamnunmiz va bankning kiçik örta biznes tarmoği, şuningdek suv xöjaligi kabi yönalişlardagi faoliyatini yuqori baholaymiz”,- deydi IFC menejyeri Mexmet Mumdjuoglu.

Qayd etilişiça, Turonbank va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) örtasidagi hamkorlikning yangi bosqiçga olib çiqilişi bankni xususiylaştiriş jarayonlarini yanada tezlaştirişga xizmat qiladi. Bu orqali esa mijozlar bazasini oşirib, körsatilayotgan xizmatlar sifatini bir neça karra yaxşilaş, biznes vakillari uçun taklif etiladigan mahsulotlarning turlarini köpaytiriş, natijada bankni agrosavdo va çakana xizmatlar yönalişida yanada rivojlangan tijorat moliya muassasasiga transformatsiya qiliş közda tutilgan.
Şuningdek, öz faoliyatida suv resurslaridan foydalanuvçi mijozlarni qöllab-quvvatlaş, ularni moliyalaştiriş uçun investitsiyalarni keng jalb qiliş orqali «Moviy» usuldagi moliyaviy bank böliş imkoniyatlarini örganiş ham rejalaştirilgan.










