Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanmoqchi bo‘lgan fuqaro tok urishi oqibatida halok bo‘ldi
Xorazm viloyati Xiva tumanida elektr energiyasi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulanmoqchi bo‘lgan fuqaro fojiali tarzda halok bo‘ldi.
21 iyun kuni soat 06:30lar atrofida Xiva tumanining Juryon mahallasidagi fuqaro Xiva tuman elektr ta'minoti korxonasini ogohlantirmasdan, o‘zboshimchalik bilan «Komil inson» fermer xo‘jaligi nasosini tarmoqqa noqonuniy ravishda ulash maqsadida elektr energiyasi ustuniga chiqqan.
Natijada kuchlanish mavjud bo‘lgan tarmoqqa ulanish paytida fuqaroni tok urib, u voqea joyida halok bo‘lgan.
Bu holat yuzasidan tegishli tashkilotlar o‘rganish ishlarini boshlashdi.
Bu haqda xabar bergan «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ fuqarolardan o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanmaslikni, buning uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga ariza bilan murojaat qilishni so‘ragan.
Mavzuga oid
08:34 / 19.06.2026
1400 dollar olgan hokim yordamchisi ushlandi
09:15 / 18.06.2026
Elektr tarmoqlariga ulab berish evaziga pul olgan mas’ullar ushlandi
13:14 / 14.06.2026
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
17:36 / 26.05.2026