Gruziyalik jurnalist Putinni yana haqorat qildi
Gruziyaning Mtavari Arkhi telekanali jurnalisti Georgiy Gabuniya efir vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga rus tilida murojaat qilib, yana uni haqorat qildi. Bu haqda “Gruziya Online” nashri xabar berdi.
Avvalroq Gruziyada yollanma qotillikni amalga oshirmoqchi bo‘lgan rossiyalik ushlangan. Mtavari Arkhi muxolif telekanali rahbari Nika Gvaramiyaning ta'kidlashicha, ushlangan kishi Gabuniyani o‘ldirmoqchi bo‘lgan va ushbu operatsiyaga tayyorgarlik bilan go‘yoki shaxsan Checheniston rahbari Ramzon Qodirov shug‘ullangan.
O‘z navbatida, Qodirov bu ayblovlarni “safsata” deb atab, Gabuniyani Putin nomiga aytilgan so‘zlari uchun kechirim so‘rashga chaqirgan.
Ta'kidlanishicha, Gabuniya o‘zining Post Factum deb nomlangan dasturida o‘zining so‘z askari hisoblanishini va jang maydonida bo‘la turib, o‘z quroli – so‘zni qo‘llashini aytgan. So‘ngra u “Putin Gruziyaga qarshi qurol istaganmidi?” degan savol bilan yuzlanib, “Bizning yerga atom bombani tashlamagani qoldi”, deb qo‘shimcha qilgan.
U, shuningdek, o‘limdan qo‘rqmasligini va unga nisbatan Qodirov tomonidan suiqasd tayyorlangani haqidagi versiyaning chinligiga shubha qilmasligini aytgan. “Men haqiqiy, munosib chechenlarni hurmat qilaman va yaxshi ko‘raman, biroq dumini qisadigan va egasi Putinsiz laycha itchalik qiymati bo‘lmagan Qodirovni emas”, deb ta'kidlab o‘tgan jurnalist.
Gabuniya hurmatga loyiq chechenlarga misol sifatida tan olinmagan Chechen respublikasi Ichkeriya prezidenti Joxar Dudayevni keltirib o‘tgan.
2019 yil iyulda ham jurnalist “Rustavi-2” kanali efirida Putinni “okkupant” deb atab, unga va uning “qullariga” Gruziyada joy yo‘qligini aytgan. Bundan tashqari, u Rossiya prezidentining ota-onasini ham haqoratlagan. Bu holat kanal tomoshabinlarining noroziligiga sabab bo‘lib, ular jurnalistni jazolash talabi bilan namoyish ham o‘tkazishgan. Avgustda kanalning egasi o‘zgarib, Gabuniya va boshqa bir qator jurnalistlar bo‘shatib yuborilgan.
Mavzuga oid
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
13:11 / 12.11.2024
Siyosatshunos Gallyamov: Tramp Putin uchun tuzoq qo‘ymoqda
09:58 / 12.11.2024