Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
#FootWeek: Masharipov, Gattuzo va Sheva haqida
Jurnalist Bobur Akmalov muallifligidagi FootWeek loyihasining navbatdagi 4-sonini kutib oling. Ko‘rsatuvning bugungi soni miks ko‘rinishda tayyorlandi.
Ko‘rsatuvimizni mamlakatning markaziy arenasi bo‘lgan «Paxtakor» stadionidan boshladik. Superliga 5-turining markaziy bahsi doirasida «Paxtakor» hamshahari «Bunyodkor»ni qabul qildi. Ko‘rsatuv muallifi Bobur Akmalov o‘yinni stadiondan kuzatib, bir qismini sharhlashga ham ulgurdi. O‘yinning qaynoq atmosferasini ko‘rsatuv davomida his qilishingiz mumkin.
FootWeek'ning bu galgi sonida yana ko‘plab qiziqarli mavzularga to‘xtaldik. Masalan, kechagina eng omadsiz murabbiylar qatorida bo‘lgan va endilikda naq «Yuventus»ni yengib «Napoli» bilan Italiya kubogida g‘olib bo‘lgan omadli – Jyennaro Gattuzoni Neapolda qanday olqishlashgani haqida.
Shuningdek, bu galgi sonimizda Andrey Shevchenkoning oxirgi yorqin porlashi bo‘lgan Ukraina – Shvetsiya o‘yini hamda «Tottenhem»ning g‘alabasiga hissa qo‘shib, mukofotiga asosiy jamoa bilan birga ovqatlangan bollboyni eslaymiz.
Albatta, bu sonda ham ijtimoiy muammolarga murojaat qildik. Shu va yana boshqa qiziqarli mavzulardagi mulohazalarni FootWeek'ning yangi miks sonida tomosha qiling.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
Mavzuga oid

20:27 / 21.07.2021
Hokimlar va futbol: Turdimov, Bozorov va Abdurazzoqov futbol haqida nima degandi?

22:14 / 20.06.2021
«Nasaf»da nima gaplar? Ro‘ziqul Berdiyev bilan suhbat

15:46 / 12.06.2021
«Noto‘g‘ri yo‘lda yurganimni kech tushungandim». Xatolari qimmatga tushgan yulduzcha – Temur Hakimov bilan ochiq intervyu

11:15 / 26.05.2021