Özbekiston ikkinçi saralaş bosqiçida 5-turdan keyin Saudiya Arabistonidan keyin 2-örinni egallab turibdi. Jamoa Çimyondagi yiğindan söng BAAga yöl oladi va u yerda Avstraliya milliy jamoasi bilan nazorat öyinini ötkazadi. Bu öyin noodatiy formatda ötkaziladi – 30 daqiqadan 3 taym. Bu taşabbus Avstraliya tomonidan çiqqan va tarkibdagi barça futbolçilarni sinab oliş imkonini qöldan boy bermagan Vadim Abramov uni qöllab-quvvatlagan. BAAdan esa Saudiyaga yöl oladigan «börilar» u yerda hal qiluvçi öyinlarda maydonga çiqadi.
Çimyonda legionerlardan Otabek Şukurov, Jaloliddin Maşaripov, Doston Hamdamov, Odil Hamrobekov, Odil Ahmedovni kördik. E'lon qilingan tarkibdan keyinçalik turli sabablarga köra çiqarilgan Murod Xolmuhammedov va Lutfullo Törayev örniga çaqirilgan Husniddin Aliqulov va Abdulla Abdullayev, şuningdek, OFK kubogi guruh bosqiçida yaxşi iştirok etib qaytgan «Nasaf»çilar ham jamoa bilan birga.
Salqin, yomğirli va kislorodga töyingan havoda futbolçilar ruhan va jismonan tiklaniş maşqlarini bajarişdi. Bu yiğin yigitlar dam olib, tiklanişlari uçun aynan Çimyonda taşkil qilingan. Axir ularning barçasi qiyin öyinlar ötkazib qaytgan.
Denis Ivankov uç darvozabon bilan şuğullanmoqda: Sanjar Quvvatov, Abduvohid Ne'matov, Valijon Rahimov. Mirko Yyeliçiç jismoniy maşqlarni ötkazyapti. Abramov futbolçilarga kerakli maslahatlar beryapti. Yigitlar tirişqoqlik bilan işlaşayotgani va maslahatlarga amal qilişga jon-jahdi bilan harakat qilayotganini kördik. Har bir futbolçi, ayniqsa, yangi çaqirilganlar tarkibga kiriş uçun astoydil mehnat qilmoqda.
Tabiat qöynidagi tayyorgarlik. Milliy jamoaning Çimyondagi yiğinidan eksklyuziv fotogalereya
Körsatuv davomida futbolçilarning yiğin va bölajak hal qiluvçi öyinlar haqidagi fikrlarini tinglaşingiz mumkin. Şuningdek, Ahmedov Xitoydagi faoliyatini yana neça yillik şartnoma bilan mustahkamlab qöygani, Maşaripov Saudiyaning «An Nasr» klubiga qaytişi va jamoa OÇL uçun uni qaydnomaga kiritgani, Temurxöja Abduxoliqov hujumdagi raqobatga tayyorligi, Şukurov esa mental jihatdan biznikilar arablardan kuçli deb hisoblaşi va boşqa tafsilotlarni bilib olasiz.
Demak, FootWeek eksklyuziv sonini Kun.uz’ning YouTube sahifasida tomoşa qiling.










