Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zkomnazorat» yolg‘on xabarlarga aldanmaslik va kompyuterdagi ma'lumotlarni ishonchli himoya qilishga chaqirdi
Firibgarlar tomonidan yana bir sxema orqali aldash holatlari kuzatilmoqda, foydalanuvchi internetdan yangiliklarni o‘qib chiqayotgan yoki video tomosha qilayotgan vaqtda brauzerning quyi burchagida kichik ogohlantiruvchi e'lon paydo bo‘ladi.

Foto: O‘zkomnazorat
“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi koronavirus infeksiyasining tarqalishi sabab dunyoning ko‘plab mamlakatlarida davom etayotgan karantin davrida firibgarlarning internet, mobil telefon raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish, bankomatlar oldida odamlarni aldash orqali va yana boshqa turli yo‘llar bilan odamlarni aldayotgani, elektron hisobdagi mablag‘larni o‘g‘irlayotgani haqida bir necha marta ogohlantirgandi.
Qayd etilishicha, firibgarlar tomonidan yana bir sxema orqali aldash holatlari kuzatilmoqda - foydalanuvchi internetdan yangiliklarni o‘qib chiqayotgan yoki video tomosha qilayotgan vaqtda brauzerning quyi burchagida kichik ogohlantiruvchi e'lon paydo bo‘ladi. Unda kompyuter xavf ostida ekani, texnik nosozlik kuzatilgani, uni bartaraf qilish uchun maxsus dasturni, operatsion tizimni ishlashini muvofiqlashtiruvchi drayverni o‘rnatish zarurligi va maxsus havolaga o‘tib dasturni yuklash so‘raladi.
Foydalanuvchi ko‘rsatilgan dasturni yuklab olsa va ishga tushirsa firibgarlar kompyuterni virus bilan zararlashiga, undagi ma'lumotlarni ko‘chirib olishiga yoki o‘chirib tashlashiga imkoniyat yaratadi.
Bu kabi vaziyat mobil telefonda ham kuzatilishi mumkin. Ya'ni qurilmaning dasturiy ta'minotini yangilash, aks holda telefon bloklanishi mumkinligi haqida soxta ogohlantirish beriladi. Foydalanuvchi qurilmaga dasturiy ta'minotni yuklayapman deb o‘ylab zararli dasturni o‘rnatib olishi mumkin.
“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi saytlar ostida chiqadigan yoki elektron pochta orqali keladigan bu kabi e'lonlarga e'tibor qilmaslik, ularni o‘chirib tashlash, shunday xabarlar chiqadigan axborot resurslaridan iloji boricha foydalanmaslik, kompyuter uchun antivirus dasturlarini rasmiy manbalardan olish, yangilash hamda dasturiy ta'minotni muntazam ravishda zararli dasturlardan monitoring qilishni tavsiya etgan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

11:40 / 16.07.2025
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

11:22 / 12.07.2025
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi

14:37 / 10.07.2025