Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tadbirkorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilmoqda
Yildan–yilga yangilanib borayotgan O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, ish o‘rni yaratib, ko‘plab oilalar iqtisodi uchun o‘z hissasini qo‘shayotgan ishbilarmon tadbirkorlarimizga davlatimiz rahbari va barcha darajadagi rahbarlar tomonidan keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi ertangi kunimiz farovonligi va yurtimizning jahon bozoriga o‘z mahsulotlari bilan kirib borishiga imkoniyat yaratmoqda.
Davlatimiz rahbari shu yil 5–6 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga qilgan tashrifi davomida viloyatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalar, yangidan ishga tushirilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, bu yerdagi yangilanish va o‘zgarishlarga hamohang ravishda “Tadbirkor–bosh islohotchi” degan ezgu tashabbusni ilgari surdilar.
Farg‘ona viloyati bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili biznes–ombudsman” tomonidan ochiq muloqotlar ham bu borada tadbirkorlarga keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Bu borada “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Aksiyadorlik jamiyatida tadbirkorlik sub'yektlaridan kelib tushayotgan har bir murojaatning to‘liq nazoratga olinishi va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, joylarda elektr ta'minotidagi muammolarini o‘z vaqtida hal etishga olib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida tizimning quyi qatlamdagi mavjud muammolarini aniqlash hamda ularni tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rishda samarali natijalarni bermoqda.

Kuni kecha Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan shunday ochiq muloqotning birida “Nadirmat” kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor, “Siniorita” xususiy korxonasi rahbari B.Mirxo‘jayev sanoat zonasidagi mavjud elektr ta'minoti bilan bog‘liq muammoni o‘rtaga tashlagan edi.
O‘z navbatida uning bu murojaati “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilib, ijobiy natija topdi. Sanoat zonasiga jamiyat tomonidan 0,52 km uzunlikda 6 kVli elektr uzatishlarini kabel tarmog‘i tortildi. Quvvati 630 kVA bo‘lgan transformator punkti o‘rnatildi. Bu esa, sanoat zonasining asosiy elektr uzatish liniyasida favqulodda uzilish sodir bo‘lganda zaxira manbai vazifasini o‘tab, u yerda joylashgan korxonalarning uzluksiz ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishga yordam beradi.



"Farg‘ona HETK" AJ
Matbuot xizmati
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026