Buxoro viloyati Ğijduvon tumanidagi umumta'lim maktablaridan birida faoliyat olib borayotgan psixolog Sadriddin Şamsiddinov maktab psixologi faoliyatini taşkil qiliş (ayniqsa, tuman şaroitida) samarasiz yölga qöyilganini aytadi.

U öz amaliy faoliyatidan kelib çiqqan holda, tuman maktabida psixologlar duç kelayotgan muammolarni sanab ötdi.

Kadrlar muammosi

– Bugungi kunda maktablarda psixologning foydasi amalda juda kam. Birinçidan, bu oliy ta'lim tizimida psixolog kadrlarni tayyorlaşdagi muammolar bilan boğliq.

Oliy ta'lim sifatsiz psixologlarni tayyorlayapti, psixologik ta'lim eski manbalarga asoslangan, amaliyot bilan boğlanmagan. Talaba özi mustaqil izlanişga moyil bölsagina, nimanidir örganib çiqişi mumkin. Hatto özimni ham yaxşi malakali kadr deb aytişga xijolat bölaman.

Ikkinçidan, psixologning maktabdagi mavqeyi açinarli – unga keraksiz şaxs sifatida qaraladi. Jinsiy tarbiya, suitsid, ijtimoiy hayotga moslaşuvdagi tösiqlar, kattalar bilan muloqot, kasb tanlaşda psixologning öquvçi hayotidagi roli katta bölsa-da, bu amalda körinayotgani yöq.

Psixologik testlar yaroqsiz

– Maktabda öquvçilar bilan işlaş uçun foydalaniladigan testlar zamondan orqada qolgan, deb hisoblayman. Çunki hozirgi ösmirlarning psixologiyasi bu testlar işlab çiqilgan davrnikidan farqli. Har 20-30 yilda avlod almaşadi, bu yangiça qaraşlar, yangiça ruh paydo böladi degani. 1996 yildan keyin tuğilgan avlod – zet avlod, tabiiyki, özidan avvalgi avlodlarga nisbatan boşqaça fikrlaydi, ularda psixika boşqa. Ammo ular bilan işlaşda boşqa avlod vakillari bilan ötkazilgan tajribalarga asoslangan testlardan foydalanilmoqda. Bu testlar ularning ruhiyatini oçib bera olmaydi, şuning uçun ham qöllaşga yaroqsiz.

Şunday bölsa-da, yuqoridan yuborilgani uçun ham şu testlar aossida işlaşga majbur bölamiz.

Bitta sinfxonada örtaça 30-35 öquvçi ötiradi. Savollar soni 50tagaça boradigan testlar ham bor. Psixolog ularni har bir öquvçiga işlatib olgaç, bittalab hisoblab çiqişi, tavsiflaşi lozim. Bunga juda köp vaqt va resurs ketadi. Natijada psixolog nima qiladi? Yoki işlangan testlarni yolğondan «salbiy-ijobiy» qilib belgilaydi, yoki testni öquvçilarga körsatmasdan, özi şunçaki belgilab qöya qoladi.

Aslida ilmiy nuqtayi nazardan olganda, psixologiyaning asosiy metodi kuzatiş va suhbat hisoblanadi. Bu ikki metod bilan aniqlanmagan jihatlarnigina testdan qöşimça metod sifatida foydalangan holda aniqlaş mumkin. Şu sababli