Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda tibbiy psixolog shtati joriy qilinadi

“Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori bilan 2023 yil 1 iyuldan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga aylantirildi.
Ushbu markazda ixtisoslashtirilgan psixiatrik, tibbiy-psixologik va narkologik yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilib, ushbu yo‘nalishlarda yuqori texnologik moddiy baza va ilmiy maktab shakllantiriladi. Ruhiy salomatlikni ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni sog‘liqni saqlashning barcha darajalarida muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
2023 yil 1 avgustdan boshlab tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining tuman (shahar) bo‘linmalari shtatlarini qisqartirish hisobidan tibbiy psixolog, ruhiy kasalliklar shifoxonalarida suitsidolog, qabul bo‘limlarida shifokor, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari joriy etiladi.
Qaror bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda o‘quvchilarda o‘zini o‘zi boshqarish, murakkab hayotiy vaziyatlarni yengib o‘tish ko‘nikmalarini shakllantirish, depressiya, xavotirli holatlar va suitsidlarning oldini olish bo‘yicha maxsus ijtimoiy-emotsional o‘quv soatlarini (Social Emotional Learning, SEL) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida maktab dasturidagi mavjud fanlar va darsdan tashqari jarayonlar doirasida yo‘lga qo‘yish belgilanmoqda.
2023 yil 1 sentabrdan boshlab tibbiyot xodimlarini “psixiatriya”, “sud psixiatriyasi”, “tibbiy psixologiya” va “narkologiya” yo‘nalishlari bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajatlari Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab “Psixiatriya”, “Tibbiy psixologiya” va “Narkologiya” klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida umumiy qabul parametrlari doirasida amalga oshiriladi hamda qabul ko‘rsatkichlari ushbu mutaxassisliklarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojni o‘rganish asosida shakllantiriladi.
1 iyuldan boshlab tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida faoliyat yuritayotgan psixiatr hamda psixiatriya davolash muassasalarida faoliyat yuritayotgan psixiatr, tibbiy psixolog, psixoterapevt hamda suitsidologlarning lavozim maoshiga ustama miqdori 25 foizdan 50 foizga oshiriladi.
Mavzuga oid

11:40 / 22.02.2025
Oilaviy poliklinikalarda tibbiy xizmatlar pulli bo‘ladimi?

20:00 / 17.02.2025
“Psixoximik”ning oilaviy avantyurasi. “Gold terapi”ga aldanganlar nimalarni boshdan kechirdi?

20:10 / 25.12.2024
O‘zbekiston uchun sinov: Aholi ko‘payishi bilan inson kapitali ham o‘sishi kerak

13:12 / 14.03.2024