Nega bolalar ota-onalarini eshitmaydilar?
- Ota-onalar farzandining hamma narsani birdaniga bajarishini xohlashadi. Lekin bu mumkin emas. Hatto kattalar ham bunga doimo amal qila olishmaydi. Bunday paytda ota-onalar tarafidan yo‘l qo‘yiladigan eng katta xato darhol baqirishni boshlashdir. Bolaning ruhiyati baland ovozga bardosh bera olmaydi va bu holat doimiy bo‘lsa, u o‘zini himoya qilishga intiladi.
- Bolalar ota-onalari ulardan nimani xohlashlarini tushunmaydilar. Garchi ular faol va passiv so‘z boyligini rivojlantirsalar ham, miya faqat bir bo‘g‘inli jumlalarni qayta ishlay oladi. Masalan, “Menga bir piyola suv olib kelgin. Uni stolga qo‘yib qo‘y”. Bola suvni olib kelishi mumkin, ammo uni stolga emas, qo‘lingizga tutqazadi. Sababi ko‘p holatlarda kattalar murakkab jumlalardan foydalanishadi.

- “Zinadan ehtiyot bo‘lib tush. O‘tgan safar yiqilib, oyog‘ing og‘riganligi esingda bo‘lsa kerak?“ Bularning barchasi baland ovozda talaffuz qilinadi. Bu paytda bola atayin ota-onasiga quloq solmayapti deb o‘ylash xato, aksincha, bolaning miyasi bu ma’lumotni fiziologik sabablarga ko‘ra qayta ishlay olmaydi.
- Bola ham o‘z “ishi” bilan band. Ha, bolalarning ham o‘z yumushlari bor: o‘ynash, biror narsa tomosha qilish. Ularning e’tibori ota-onalari istagan narsaga emas, balki o‘zi qiziqqan jihatga qaratiladi.
- Agar kattalar biror ish buyursa va bolaning harakatlanishini kutmasdan, buni o‘zi bajarsa, bola buni qilish kerak emasligini tushunadi. “Onam so‘raydi, so‘raydi va oxiri buni o‘zi bajaradi”, degan tushuncha shakllanadi.
Bola sizni tinglashi uchun nima qilish kerak?
· Ko‘z ko‘zga tushib tursin. Farzandingizga biror narsa aytganda, siz u bilan bir xil darajada turishingiz kerak. Agar bu kichik yoshdagi bola bo‘lsa, unda tizzalab oling. Agar bu o‘smir bo‘lsa, unda siz uni divanga o‘tirg‘izing va yoniga o‘tirishga harakat qiling. Shundagina siz ular bilan bir xil darajada bo‘lasiz. Bu e’tiborni bevosita aytilajak xabarga qaratishga yordam beradi. Voyaga etgan bola o‘z e’tiborini mustaqil ravishda suhbatga qaratishi mumkin, ammo kichik bola kattalarning yordamiga muhtoj. Ota-onalarning vazifasi birinchi navbatda uning e’tiborini jalb qilish va shundan keyingina biror narsani aytishdir.

















