PISA baholash dasturiga tayyorgarlik – matematik savodxonlik yo‘nalishida masofaviy o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda
XTV tomonidan 23 iyundan 2 iyulga qadar mamlakatimizning barcha hududlari uchun belgilangan jadval asosida videoseminarlar o‘tkazilmoqda. Unda matematika yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning o‘qitish metodlari, quvchilar bilimiga qo‘yilgan xalqaro talablar haqidagi bilim va malakalari oshirilmoqda, bu orqali xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Foto: XTV
XTV axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur o‘quvda hududiy malaka oshirish markazlari o‘qituvchilari, fan metodistlarining ishtirok etishi hamda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirilgan 348 ta tayanch maktablarining 1500 nafar malakali o‘qituvchilarini matematik savodxonlik bo‘yicha trener-o‘qituvchi sifatida tayyorlash ko‘zda tutilgan.
«Bugun, 23 iyun kuni belgilangan jadval asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Andijon va Buxoro viloyati xalq ta'limi boshqarmalari mas'ullari ishtirokida o‘tkazilgan onlayn seminarda PISA dasturida matematik savodxonlikni baholashga qaratilgan mazmun sohalari, jumladan, miqdorlar, o‘zgarishlar va munosabatlar, fazo va shakl, ma'lumotlar va noaniqliklar bo‘yicha hamda muammo mazmuni yoki konteksti, o‘quvchilardan talab etiladigan aqliy faoliyat turlari haqida ma'lumot berildi.

Shuningdek, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik doirasida o‘quvchilarning matematik mulohaza yuritish asosida matematik modellashtirish, qo‘llash, topilgan matematik yechimni berilgan muammoga nisbatan talqin qilish va baholash kabi kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘llari, masalalarni yechish va baholash yondashuvlari bo‘yicha trener-o‘qituvchilar bilan fikr almashildi..
Videoseminarda ishtirok etgan trener-o‘qituvchilar tomonidan tayanch maktablariga biriktirilgan o‘qituvchilar uchun ham Zoom, Google plus va boshqa veb konferensiya tizimlaridan foydalangan holda o‘quv-mashg‘ulotlari tashkil etish belgilab olindi» deya Xalq ta'limi vazirligi Ta'lim sifati monitoringi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshoda Norboyevaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda matematika 2020 yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan bo‘lib, ta'limning barcha bosqichlarida matematika fanini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, pedagoglarning samarali mehnatini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish va amaliy ahamiyatini oshirish, xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida «Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» prezident qarori qabul qilingan.
Shuningdek, ta'lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro dastur – PISA tadqiqotining mamlakatimiz o‘quvchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan navbatdagi siklida ham matematik savodxonlik ustuvor yo‘nalish etib belgilangan.
O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2021 yildagi xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish, tayanch maktablarni belgilab, 6000 nafar o‘qituvchilarning malakasini oshirish lozimligi haqida aniq vazifalar qo‘yilgan.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov
Jahon | 21:00 / 31.03.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NASA kosmik kemalarni himoyalovchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazdi
Fan-texnika | 01:07
-
Atlantika okeanida 6,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
Jahon | 00:35
-
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi
Jahon | 23:40 / 02.04.2025
-
Tramp inauguratsiyadan so‘ng ilk marta Rossiya kompaniyalariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etdi
Jahon | 23:09 / 02.04.2025
Mavzuga oid

01:05 / 14.11.2024
Oliy matematika sun’iy intellektning zaif tomoni bo‘lib qolmoqda - tadqiqot

16:40 / 08.10.2024
Xitoyda matematikani o‘zlashtirishga qiynalayotgan bolalar uchun maxsus klinika ochilmoqda

18:19 / 25.05.2024
O‘zbekistonda ikkinchi marta yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi o‘tkaziladi

10:09 / 19.12.2023