Özi nima gap?
Özbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OECD) taşabbusi bilan har 3 yilda 1 marta ötkaziladigan PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro tadqiqotida ikkinçi marta iştirok etmoqda.
Bu tadqiqot – 15 yoşli öquvçilarni imtihon qiliş orqali, maktab ta’limi sifatiga baho berişga qaratilgan.
2025 yilgi sinovlarda respublikaning 233 ta maktabidan 8 800 nafar öquvçi qatnaşadi. Bunda jamoatçilik faollari ta’lim muassasalarini tanlaşda reprezentativlik tamoyili buzilganini aytmoqda.
Ta’lim sohasi mutaxassisi, öqituvçi Şokir Tursun tadqiqotda barça prezident maktablari qatnaşayotganini ma’lum qilib, bu örtaça ballni sun’iy oşirişini aytdi.
“Hammasi oddiy: bu maktablar eng sara öquvçilarni öqitadi, ularning natijalari yaxşi çiqiş ehtimoli yuqori, ammo ular butun Özbekiston öquvçilarining 1 foizini taşkil etadi (yoki undan ham kam). Bu reprezentativlik – haqiqiy voqelikni aks ettirişga qaratilgan guruhni tanlab oliş jarayoniga zid hisoblanadi.
Ta’lim sifatini yolğondan baland körsatiş, özimizni aldaş nega kerak, tuşunmayapman. Yana ham tuşunmayotganim, OECD bunga qanday qilib yöl qöyib berdi? Yoki hamma axborotlarim yolğonmikin?” – deydi Tursun.
Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova X tarmoği (sobiq Twitter)dagi sahifasida Şokir Tursunning postini belgilab, şunday izoh yozdi:
“PISA tadqiqotida iştirok etiş uçun Özbekistondagi 233 ta maktab tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olingan. Maktablarni tanlaş jarayoniga vazirlik umuman aralaşmaydi, OECD tanlab, ötkazadi. Vazirlikka haqqoniy tahlil, natijalar kerak. Közböyamaçilik emas”.
Tarmoq foydalanuvçilari vazirning posti ostiga yozgan izohlarda tanlab olingan maktablar röyxatini oçiqlaşga çaqirmoqda.









