Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch viloyatdagi turoperatorlarga avtomobillar importida imtiyozlar berildi
Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlaridagi turoperatorlarga transport vositalari import qilinayotganda bojxona bojini amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida to‘lashga ruxsat berildi.
Prezidentning “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat'iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida ro‘yxatga olingan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ushbu hududlarda xizmat ko‘rsatish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo‘lmagan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona bojini amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida, qolgan qismini olib kirilgan sanadan boshlab 3 yil davomida to‘lashga ruxsat etildi.
Belgilanishicha, bunda ushbu transport vositalariga davlatning ro‘yxatga olish raqam belgilarining alohida seriyalari beriladi va ulardan tegishincha faqat Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hududida foydalanishga ruxsat etiladi.
Mavzuga oid
18:04
O‘zbekiston 2025 yilda Tojikiston ko‘mirining deyarli barcha eksport hajmini sotib oldi
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
12:27 / 06.02.2026
O‘zbekiston Hindistondan ayrim tovarlar importini vaqtincha chekladi
12:28 / 05.02.2026