Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent – Samarqand» tezyurar avtomagistralida intellektual transport tizimi joriy etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 may kuni transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Transport sohasidagi yirik investitsiya loyihalarining borishi ko‘rib chiqildi.
Taqdimotda, avvalo, “Toshkent – Samarqand” muqobil avtomobil yo‘lini qurish loyihasi ko‘rib chiqildi. Ushbu yo‘lning uzunligi 282 kilometr bo‘lib, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarini bog‘laydi. Yo‘l I-a toifada, sement-beton qoplamali, har ikki yo‘nalishda uchtadan harakat tasmasi bilan quriladi. Loyihaviy tezlik soatiga 150 kilometrni tashkil etadi.
Loyiha doirasida 12 ta transport yechimi, 60 ta tunnelli o‘tish joyi, 91 ta ko‘prik, 16 ta yo‘l o‘tkazgich, 258 ta drenaj inshooti va intellektual transport tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 12 ta terminal, yo‘l bo‘yi infratuzilmasi va vazn o‘lchash tizimi tashkil qilinadi.

Salohiyatli investorlar bilan muzokaralar jarayonini jadallashtirish va qurilish ishlarini qisqa muddatlarda boshlash topshirildi.
Taqdimotda Yangi Toshkent xalqaro aeroportini qurish loyihasi ko‘rib chiqildi. Aeroport yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi. Yo‘lovchi terminali maydoni 208,4 ming kvadrat metrni tashkil etib, 169 ta havo kemasi turargohi, har biri 4 kilometrdan bo‘lgan 2 ta uchish-qo‘nish yo‘lagi barpo etiladi.
Hozirga qadar xalqaro moliya institutlari talablari asosida ekologik va ijtimoiy ta’sirni baholash ishlari o‘tkazildi. Loyiha hududida kanal, kollektor va elektr tarmoqlarini ko‘chirish ishlari boshlangan. Ayni paytda loyiha va pudrat tashkilotlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini aviayoqilg‘i bilan ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Aeroportlardagi yoqilg‘i quyish majmualarining umumiy sig‘imi 49 ming tonnani tashkil etadi. 2030 yilga qadar mahalliy aviayoqilg‘i ishlab chiqarish hajmini yiliga 600 ming tonnaga, aviayoqilg‘i saqlash quvvatlarini esa 80 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Bu maqsadda Navoiy, Andijon, Buxoro, Urganch va Yangi Toshkent xalqaro aeroportlarida yangi saqlash quvvatlari barpo etiladi.
Yoqilg‘ini saqlash va quyish jarayonlarini xalqaro standartlarga bosqichma-bosqich o‘tkazish zarurligi qayd etildi. Yoqilg‘i quyish majmualarini boshqarish jarayonlari joriy yilda to‘liq raqamlashtirilishi, aeroportlar yoqilg‘i quyish majmualari faoliyatida texnologik jarayonlar talablariga rioya etilishi ustidan tizimli davlat nazorati o‘rnatilishi belgilandi.

Davlat rahbari transport infratuzilmasini rivojlantirishda loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, qurilish sifati, xavfsizlik talablari va aholi uchun qulaylik asosiy mezon bo‘lishi zarurligini ta’kidladi hamda tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Mavzuga oid
14:10
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
13:31
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
11:00
Yangi Toshkent megapolisi va transport koridorlari investorlarga taqdim etildi
10:45