Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada koronavirusning ikkinchi to‘lqini holatiga shifokorlar “armiyasi” talab etilishi aytildi
Yevropada koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz berishi mumkinligi xavotirida shifokorlar “armiyasi” tayyorlanmoqda. Shifoxonalarda tezkor rejimda koronavirusga qarshi kurash uchun mutaxassislar qayta o‘qitilmoqda va tayyorlanmoqda.
Yevropa davlatlari koronavirusning ikkinchi to‘lqini holatiga xodimlar yetishmovchiligidan qochish uchun koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shifokorlar uchun tezkor kurslar o‘tkazishmoqda va xodimlarni qayta tayyorlash yo‘llarini izlashmoqda.
“Bizga tibbiy xodimlar armiyasi zarur”, deb aytgan Yevropa reanimatologlari jamiyati prezidenti va Milandagi Humanitas gospitali jonlantirish bo‘limi boshlig‘i Mauritsio Chekkoni.
U o‘z hamkasblarini bu borada harakatchan bo‘lishga chaqirgan.
“Agar ikkinchi to‘lqin kelsa, biz yaqin oradagi hududlardan koronavirus avj olgan yerlarga shifokorlar va hamshiralarni yo‘naltirishga tayyor bo‘lishimiz lozim. Birinchi to‘lqinda buning imkoni bo‘lmagandi”, deb ta'kidlab o‘tgan Chekkoni.
Italiya reanimatologlari jamiyatida ta'kidlanishicha, Italiyada koronavirusga qarshi muvaffaqiyatli kurashish uchun anesteziolog-reanimatologlar sonini 50 foizga ko‘paytirish lozim. Shuningdek, mutaxassislar yetarli sonda talabalarni reanimatsiya mutaxassisliklariga jalb qilish uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni qo‘llashga chaqirishgan.
Mavzuga oid
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026