Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nima uchun Toshkentda faqat mahallalar, boshqa joylarda shahar va tumanlar qizil hudud deb e'lon qilinmoqda?
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorning birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov 24 iyun kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda koronavirusga chalingan bemorlar aniqlanganda nima uchun Toshkentda faqat mahallalar, boshqa joylarda shahar va tumanlar qizil hudud deb e'lon qilinayotganiga izoh berdi.
«Toshkent shahri bo‘yicha kasallik qayd etilgan har bitta tumanning mahallalar, mavzelar, dahalari va yirik obektlar bo‘yicha karantin, cheklov tadbirlari belgilash tizimli olib borilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad, Toshkent shahri poytaxt shahar ekanligi, aholining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari va harakatlariga ta'sir qilmagan holda, tadbirlarni manzilli belgilash tizimli tarzda amalga oshirishga o‘tilgan.
Bir mahalla, bir mavze, bir obekt, umuman olganda kasallik aniqlangan joyda tezkor lokalizatsiya qilish tartibida olib boriladi. Hozirda kuchaytirilgan tartibda profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda», deya Botir Qurbonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
17:12 / 27.05.2026
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini qurish tenderida Xitoy kompaniyasi g‘olib bo‘ldi
09:20 / 27.05.2026
Toshkentdan Qoraqalpog‘istongacha “yashil” texnikumlar tashkil etiladi
17:44 / 26.05.2026
Hayit kuni Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin
17:55 / 25.05.2026