Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaronga Niderlandiyadan 61 bosh zotdor qoramol olib kelindi, xorijdan yana 600 bosh olib kelish rejalashtirilgan – viloyat hokimligi
Ohangaron tumanidagi qoramolchilikka ixtisoslashgan “Qurama qorabayirlari” MChJ tashabbusi bilan Niderlandiyadan 61 bosh naslli qoramol olib kelindi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, shu oyning oxiriga qadar esa chet eldan yana 600 bosh zotdor qoramol keltirish rejalashtirilgan.
Mazkur loyiha Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 oktyabrdagi «Toshkent viloyati Ohangaron tumanida chorvachilikni rivojlantirish to‘g‘risidagi» qaroriga asosan amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra qiymati 41 milliard so‘mlik qoramolchilikka asoslangan kompleks barpo etilib, yiliga 9 tonna sut, 86 tonna go‘sht yetishtirish ko‘zda tutilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, 2019–2021-yillarda tumanda qoramolchilik va qo‘y-echkichilikni rivojlantirish maqsadida umumiy qiymati 746 milliard 598 million so‘mga teng bo‘lgan (shundan 53 million 210 ming dollari xorijiy investitsiya) 30 ta chorvachilik – 17 ta qoramolchilik, 13 ta qo‘y-echkichilik kompleksi bunyod etilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
21:16 / 15.06.2026
Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi
08:53 / 22.05.2026
Nasldor qoramol olib kirish uchun soliq imtiyozi joriy etildi
23:27 / 29.04.2026
Ohangarondagi 14 yoshli qiz bilan bog‘liq holat Bolalar ombudsmani nazoratiga olindi
21:30 / 24.04.2026