Samarqandda bank xodimida, Toshkent viloyatida «Nazarbek» sanatoriysi xodimida virus aniqlangan
24 iyun kuni Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq, Zangiota va Qibray tumanlarida aholi orasida virusdan zararlanish holatlari qayd etilgan, Samarqand viloyatida bank xodimida hamda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi bemorning yaqinlarida virus aniqlangan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 24 iyun kuni Toshkent viloyati va Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etilgan kasallanish holatlari bo‘yicha batafsil ma'lumotlarni taqdim etdi.
«Aholi orasida koronavirus qayd etilishi holatlari mamlakatimiz bo‘ylab barcha hududlarda kuzatilmoqda. Bugun Jizzaxda ham ikki holatda aholi orasida kasallik qayd etildi. Ma'lumki, ushbu viloyatda 3ta holatda kasallanish aniqlanib, ularning eng so‘nggisi 27 aprel kuni sog‘ayib, koronavirusdan xoli hududga aylangan edi.
Shu o‘rinda kecha aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlarining hududlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, Toshkent shahrida 18 nafar, Samarqand viloyatida 8 nafar, Toshkent viloyatida 5 nafarni tashkil etganligini guvohi bo‘lamiz», deyiladi vazirlik xabarida.
Jumladan, Toshkent viloyatida O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi N.A.da (Yunusobod tumanidagi «Malika» maishiy texnika savdo majmuasiga borgan), «Nazarbek» sanatoriysi xodimi X.A.da (30 maydan 13 iyungacha karantinda bo‘lgan), Zangiota tumanida yashovchi M.D.da, Qibray tumanida yashovchi S.I.da (tana harorati ko‘tarilgani uchun tez tibbiy yordam chaqirgan) kasallik qayd etilgan.
Shuningdek, respublika Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Samarqand viloyati filiali xodimi Z.A.da, Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi R.A.da (tana harorati ko‘tarilgani sababli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan) va uning 4 nafar qarindoshi hamda 2 nafar qo‘shnisida ham koronavirus aniqlangan. Ayni paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Avval aytib o‘tganimizdek, yurtimizning barcha hududlarida koronavirus yuqtirib olish xavfi mavjud.
Shu sababli Sog‘liqni saqlash vazirligi, yana bir bor, aholidan, avvalo, ozodalikka alohida e'tibor berish, sababsiz va zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslik, uydan chiqqanda ham ijtimoiy masofani saqlash, niqobni to‘g‘ri taqishga, jamoat transportidan to‘g‘ri foydalanish, qo‘llarni yaxshilab, qayta-qayta yuvish kabi karantin va sanitariya qoidalariga doimiy ravishda qat'iy rioya etishlarini so‘rab qoladi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024