Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kurtka cho‘ntaklarida yashirilgan «gashish» fosh bo‘ldi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi hamda “Toshkent-AERO” Ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida fuqaro A.F. tomonidan ijaraga olingan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadon o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Xolislar va xizmat iti yordamida o‘tkazilgan tekshiruv davomida xonadondagi shkafda osig‘liq kurtka cho‘ntaklarida 74 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
09:50 / 12.06.2026