Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda temiryo‘lchi, konduktor va ichki ishlar tizimi xodimida virus chiqqan - SSV
26 iyun kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod va Chilonzor tumanlarida aholi orasida yangi kasallanish holatlari qayd etilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 26 iyun kuni Toshkent shahrida aholi orasida qayd etilgan kasallanish holatlari bo‘yicha batafsil ma'lumotlarni taqdim etdi.
«So‘nggi kunlarda Toshkent shahrida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari boshqa hududlarga qaraganda yuqori bo‘lib kelayotgan edi. Kechagi holatda esa biroz pasayganini ko‘rish mumkin.
Avval xabar qilganimizdek, 25 iyun sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 276 nafar bemordan 24 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, 26 iyun kuni esa 250 nafar bemordan 25 nafari aholi orasida tasdiqlanib, shundan 8 nafari Toshkent shahrida aniqlandi.
Ikki kunlik ma'lumotga ko‘ra, umumiy kasallanish ko‘rsatkichi biroz kamaygan, aholi orasida koronavirusga chalinish holati esa biroz oshganini ko‘rish mumkin», deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahrida Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi A.Z.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan), «Logistika universal markazi» MChJ xodimi G.S.da, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xodimi H.Q.da (Toshkent viloyati Qibray tumanidagi qarindoshining uyiga borgan) kasallik aniqlangan.
Shuningdek, Yunusobod tumanida yashovchi Sh.A.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan), shahar ichki ishlar tizimi xodimi F.G.da, poytaxtdagi avtosaroy konduktori S.D.da, Chilonzor tumanida yashovchi M.X.da (tana harorati ko‘tarilgani sababli namuna topshirgan) ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
«Ayni vaziyatda Sog‘liqni saqlash vazirligi aholi orasida koronavirusga chalinish xavfi yuqoriligi bois poytaxtimiz aholisi va mehmonlaridan karantin qoidalariga qat'iy amal qilishlarini so‘rab qoladi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?

17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda

19:59 / 09.07.2024