O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 7700dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 43 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 28 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7725 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 30 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent shahrida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.
27 iyun kuni 255ta yangi holat aniqlandi va 202 bemor tuzalib, jami tuzalganlar soni 5240 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 2465 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024