Kun.uz muxbiri kasb bayrami munosabati bilan Özbekistondagi bir guruh ustoz jurnalistlarni yöqladi va ularning bugungi kun jurnalistikasi borasidagi fikrlarini söradi. Katta avlod jurnalistikasi vakillari öz fikrlarini quyidagi ikki savolga javob beriş orqali ifodalaşdi:

1. Jurnalistikaning bugungi qiyofasini qanday körasiz va undagi asosiy muammolar nimalardan iborat?

2. Özbek jurnalistikasi qanday islohotlarga muhtoj deb hisoblaysiz?

Karim Bahriyev:

Foto: Karim Bahriyevning Facebook sahifasidan olindi

1. Dunyo bir azaliy maromda yaratilgan va yaşaydiganday, yaxlit va muştarakdir. Havoning bir neça darajaga isişi muzliklar erişiga va ummonlar sathi kötarilişiga, dunyo xaritasi özgarişiga olib kelyapti. Bir insonning Yaratgan insonga harom qilgan luqmasini – körşapalakni yeganidan paydo bölgan bir tojlivirus butun insoniyatni larzaga solmoqda. Xuddi şunday Özbekiston jurnalistikasi ham özbek jamiyatining hayotidan ayro emasdir, mamlakat ahvoli bilan çambarças boğliq.

Jurnalistikaning yuz yildan ziyod yaqin tarixi ham şu jamiyat ahvoliga muştarakdir. Çorizm davridagi Stolipin islohotlaridan söng paydo bölgan umidlar Davlat dumasi a'zosi bölgan Behbudiylar va jadidlarni yuzaga çiqargandi. Şu bilan birga, Oktabr töntarişini yetiltirdi. Özgarişlar umidi Çölpon-u Qodiriylarni oldinga çiqardi, ammo asta-sekin inqilobdan bölgan umidlar puçga çiqdi – qatağon-u ta'qiblar boşlandi va jadidlar qirğinga uçradilar.

Keyin Xruşçyovning «ili-miliq» islohotlari, şaxsga siğinişga qarşi otaşin sözlari, «Ötkan kunlar» va «Tong sirlari»ning oçiq öqiy boşlanişi yangi umidlar paydo qildi, ammo yana avtoritarizm boş kötardi va uzoq muddatli turğunlik davri boşlandi.

Mixail Gorbaçyovning oşkoraligi yana jamiyatni va jurnalistikani uyğotdi, gazetalar millionlab adadda çiqa boşladi, yangi jadidlar paydo böldi va ular mustaqillikni tayyorladilar. Ammo mustaqillikka erişganimizdan söng tört-beş yil içida yana yakkahokimlik va şaxsga siğiniş yillari boşlandi, oşkoralik uyğotgan navbatdagi jadidlar yo qamaldi, yo yurtni tark etdi, yo sukutga çömdi.

Va nihoyat, 2016 yil oxiridan yana «yangi islohotlar» davri boşlandi. Yangi prezident Şavkat Mirziyoyev oşkoralikka, islohotlarga da'vat etdi. Bugungi jurnalistika ana şu umidvorlik holatidadir. Bir qism men va siz singari romantiklar, jurnalistlar va blogerlar bu islohotlarga işonyapmiz va yana bir qadar oldinga çiqdik, «ortga qaytiş nuqtasi» ötilganidan umid qilyapmiz. Yana bir toifa hali hammasi avvalgi holiga qaytadi, bu xalq demokratiyani istifoda eta olmaydi, eskiça qaraşli kuçlar özini önglab oladi, deb poylab ötirişni afzal körmoqdalar.