Taniqli jurnalist va şoir Karim Bahriyev oğir xastalik tufayli 64 yoşida vafot etdi. Bu haqda Jurnalist uyuşmasi xabar bermoqda.

U bir neça kun avval gemoragik insult taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgandi.

Karim Bahriyev 1962 yil 15 iyul kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida tuğilgan. Avval Samarqand davlat universitetida, keyin esa Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetida öqigan.

U jurnalist, yozuvçi, tarjimon, siyosatçi sifatida faoliyat yuritgan. Xususan, 1990–1995 yillarda parlament deputati bölgan.

Turli yillarda «Özbekiston adabiyoti va san’ati», «Ma’rifat» gazetalarida, «Jahon adabiyoti», «Dugonalar» naşrlarida faoliyat yuritgan. Bundan taşqari, 90-yillarda «Hurriyat» gazetasi boş muharriri sifatida ham tanilgan.

Karim Bahriyev köplab ilmiy-ommabop va adabiy asarlar muallifi bölib, «Sabr kosasining siniqlari», «Tomçidil» kabi şe’riy kitoblar, şuningdek jurnalistika va huquq sohasiga oid qator asarlar yozib qoldirdi. Ayniqsa uning 2000-yillar boşida naşr qilingan «Söz erkinligi haqida söz» nomli kitobi öz davrida şov-şuv kötargandi.

Sönggi yillarda Karim Bahriyev tarjima sohasida samarali ijod qildi. Xususan, u Platon, Volter, Monten, Paskal, Vovenarg, Laroşfuko, Labryuyerning falsafiy asarlarini, jahon xalqlari hikmatlarini, Genri Fordning «Mening hayotim», Jorj Oruellning «1984» va «Molxona», Svetlana Alekseyeviçning «Çernobil tavallosi» romanlarini va Malkolm Gladuelning «Daholar va uddaburonlar» asarlarini, şuningdek Çingiz Aytmatov, Dino Bussati, Jovanni Papini hikoyalarini özbek tiliga tarjima qilgan.

Karim Bahriyev Jurnalistlar uyuşmasi Jamoatçilik kengaşi raisi, Yozuvçilar uyuşmasi va Jurnalistlar uyuşmasi a’zosi edi, şuningdek, 2019-2022 yillarda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida media huquqi va etikasi fani öqituvçisi sifatida faoliyat yuritgan.