Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyasi yana bir vaksinasining odamlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma'lum qildi
Xitoyning China National Biotec Group (CNBG) kompaniyasi koronavirusga qarshi ishlab chiqayotgan ikkita vaksinasidan birining odamlarda sinalishi samarali natijalar berganini ma'lum qildi.
Kompaniyada ta'kidlanishicha, dastlabki natijalarga ko‘ra, CNBG’ning Pekindagi bo‘limida ishlab chiqilayotgan vaksina 1120 sinaluvchida koronavirusdan antitanalar hosil qilinishiga olib kelgan.
Avvalroq, iyunda CNBG Uhandagi bo‘limi tomonidan sinovdan o‘tkazilayotgan yana bir vaksinasi sinaluvchilarda yuqori darajada antitanalar ishlab chiqqanini ko‘rsatganini ma'lum qilgandi.
Kompaniya joriy hafta boshida vaksinaning yakuniy – uchinchi bosqichini o‘tkazishga BAAda ruxsat olganini ma'lum qilgandi. Biroq kompaniyada ikkita vaksinadan qaysi biri arab davlatida sinalishiga aniqlik kiritilmagandi.
OAVda ta'kidlanishicha, Xitoyda koronavirusdan 8 ta vaksina ustida ish olib borilmoqda va u bu borada dunyoda yetakchilik qilmoqda.
Biroq hozirda ishlab chiqilayotgan birorta vaksina hali sinovlarning uchinchi bosqichigacha yetkazilmagan. Bu bosqich uchun minglab ishtirokchilar talab etiladi va u koronavirus keng tarqalgan davlatda, ya'ni tabiiy muhitda sinalishi lozim.
Mavzuga oid
19:31 / 04.02.2026
Xitoy armiyasi rahbariyatidagi tozalash: bu nimani anglatadi?
18:28 / 03.02.2026
Xitoy xavfsizlik nuqtayi nazaridan barcha elektromobillarda «yashirin» eshik tutqichni taqiqladi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026