Bugun 167 bemorga javob berildi, shu vaqtgacha kasallikdan tuzalganlar soni 5500ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent, Buxoro va Samarqandda yana 70 kishi koronavirus infeksiyasidan tuzalib chiqqani va shu vaqtgacha sog‘ayganlar soni 5496 nafarga yetgani haqida xabar berdi.
Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17 nafar, Toshkent shahar 1-son klinik shifoxonasida 19 nafar, shahar 3-son tug‘ruq majmuasida 4 nafar, Buxoro viloyatida 12 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, jami 70 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.
Ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan 3234 nafar bemor sog‘aygan.
Buxoro viloyatida Covid-19’dan tuzalganlarning soni 490 nafarga yetdi.
Bugungi kunda Namangan viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 281 nafarni tashkil qilmoqda.
Samarqand viloyatida esa jami 393 nafar inson kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
Bundan avvalroq kun davomida Toshkent va Surxondaryodagi tibbiyot muassasalarida jami 97 bemor sog‘aygani haqida xabar berilgandi.
Shu tariqa, bugun O‘zbekistonda jami 167 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan sog‘ayib, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 5496 nafarni tashkil etmoqda.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 2680 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
- Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda kunlik tuzalishlar soni bo‘yicha rekord natija 27 iyun kuni qayd etilgan, o‘sha kuni jami 202 bemorga javob berilgandi.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024