Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank «Agrobank» va Xalq bankini jarimaga tortdi
Ushbu banklarga nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qo‘llanildi.
Foto: Markaziy bank
Markaziy bank “Agrobank” va Xalq banki faoliyatida bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarining buzilish holatlari aniqlangani to‘g‘risida xabar berdi.
Qayd etilishicha, bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar doirasida joriy yilning birinchi yarim yilligida “Agrobank” va Xalq banki faoliyatida bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarining buzilish holatlari aniqlandi.
Ushbu banklar tomonidan qonun talablariga rioya qilmagan holda, mijozlarning hisobvaraqlariga mablag‘ kiritib qo‘yganlik uchun komissiya to‘lovlari undirilgan, omonat shartnomasi shartlariga bank tomonidan bir tomonlama o‘zgartirishlar kiritish huquqi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, banklarning axborot stendlarida noto‘g‘ri va ahamiyatsiz (dolzarb bo‘lmagan) ma'lumotlar joylashtirilgan, kredit shartnomasi shartlariga amal qilmagan holda, kredit to‘lovlari bo‘yicha penyalar hisoblangan va boshqa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan.
“Shu munosabat bilan aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berish bilan bir qatorda ushbu banklarga nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qo‘llanildi”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:34 / 30.04.2026
Valuta operatsiyalari tartibida nimalar o‘zgardi?
20:56 / 29.04.2026
«Kursga sun’iy ta’sir o‘tkazish tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
17:55 / 29.04.2026
Banklarga mijozlarga shikastlangan banknota berish taqiqlandi
11:07 / 29.04.2026