O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 8 mingga yaqinlashmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 135 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 28 iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7948 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 108 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 14 nafari Qashqadaryo viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar) orasida, 11 nafari Toshkent shahrida (shundan 10 nafari kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari aholi orasida, 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida) aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun jami 266ta yangi holat aniqlandi (kunlik o‘sish bo‘yicha ikkinchi eng yuqori ko‘rsatkich, 25 iyun kuni 276 kishida virus aniqlangan va bu rekord bo‘lgandi). Shuningdek, Toshkent va Qashqadaryoda jami 81 bemor sog‘ayib, shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 5329 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 2597 bemor davolanmoqda, ulardan 18 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024