O‘zbekiston | 23:38 / 29.06.2020
21897
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 8200dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 23 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 29 iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8222 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 17 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 2 nafari  Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun jami 274ta yangi holat aniqlandi. Shuningdek, Toshkent, Surxondaryo, Buxoro, Namangan va Samarqandda jami 167 kishi sog‘ayib, shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 5496 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 2702 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid