Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya 6G tarmog‘ining ishlab chiqilishiga 652 mln dollar ajratadi - OAV
Yaponiya hukumati oltinchi avloddagi (6G) mobil aloqa tizimlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanayotgan korporatsiyalarga 70 mlrd iyen (652,4 mln dollar) miqdorida yordam ko‘rsatmoqchi. Ushbu tizimni 2030 yilga yaqin tatbiq qilish rejalashtirilgan.
Kyodo axborot agentligining hukumatdagi manbalarga tayanib xabar berishicha, avvalroq hukumatda yangi aloqa formatini tatbiq qilish strategiyasini ishlab chiqish uchun texnik mutaxassislar, xususiy biznes va tegishli idoralar vakillaridan iborat ekspertlar guruhi tashkil etilgan. Ayni vaqtda Yaponiyada 5G tarmog‘iga o‘tilmoqda. Kunchiqar mamlakat bu borada 5G tarmog‘i ishga tushirilgan AQSh va Janubiy Koreyadan ortda qolmoqda. Yaponiya hukumatini, shuningdek, zarur qurilmalarni ishlab chiqishda Xitoydan ortda qolayotgani ham tashvishlantirmoqda.
Endilikda Yaponiya hukumati biznes bilan hamkorlikda boy berilganni qaytarib, yanada tezkor va himoyalangan 6-avloddagi tizimlarga o‘tishda yetakchiga aylanmoqchi. Ushbu tizimlarni haydovchisiz transport vositalari, masofadan tibbiy xizmat ko‘rsatishda qo‘llash kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026