Jahon | 22:04 / 30.06.2020
3701
2 daqiqa o‘qiladi

Jonson Britaniya iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun 5 mlrd funt ajratilishini aytdi

Mablag‘lar infratuzilmani modernizatsiya qilish, shifoxonalar, yo‘llarni ta'mirlash, maktablar ehtiyoji uchun sarflanadi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirus pandemiyasi oqibatida jabr ko‘rgan mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash dasturi haqida e'lon qildi. Hukumat dastur doirasida 5 mlrd funt ajratadi, dedi u.

Mablag‘lar infratuzilmani modernizatsiya qilish, shifoxonalar, yo‘llarni ta'mirlash, maktablar ehtiyoji uchun sarflanadi. Jonson shuningdek, yangi shifoxona, maktab va kollejlar qurilishini, bu yangi ish o‘rinlari yaratishga yordam berishini aytdi. 

"Biz zudlik bilan harakat qilishimiz lozim, chunki YaIM keskin tushib ketganini ko‘rdik va odamlar o‘z ish joylari hamda biznesi haqida tashvishlanayotganligini bilamiz", - dedi bosh vazir.

Buyuk Britaniya YaIM 2020 yilning birinchi choragida o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 2,2 foizga tushib ketdi, deb yozadi dpa agentligi rasmiy statistikaga asoslanib. Kuzatuvchilarning fikricha, bu 2008-2009 yilgi moliyaviy inqirozdan keyingi eng kuchli pasayishdir.

Buyuk Britaniyada ham boshqa mamlakatlardagi singari koronavirus pandemiyasi sababli bahordan ko‘plab korxonalar, do‘konlar, tashkilot va muassasalar o‘z faoliyatini to‘xtatgandi.  

Mavzuga oid