Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2020 yilning besh oyida jinoyatlar soni 41 foizga ko‘paydi
Hududlar kesimida jinoyatlarning oshishi Toshkent shahri, Farg‘ona, Samarqand, Andijon va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Bosh prokuratura ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yilning dastlabki 5 oyida 17 271 ta jinoyat qayd etildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 100 taga (41,9 foizga) ko‘p demakdir.
«Yuksalish» umummilliy harakati xabarida aytilishicha, bezorilik holatlari soni 2,5 barobarga (2019 yilda 153 ta, 2020 yilda 385 ta), firibgarlik (2019 yilda 1 324 ta, 2020 yilda 2 712 ta), poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyatlar 2 barobarga oshgan. Bosqinchilik va o‘g‘irlik jinoyatlari ham ko‘paygan.

Hududlar kesimida jinoyatlarning oshishi Toshkent shahri, Farg‘ona, Samarqand, Andijon va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Masalan, joriy yilning o‘tgan 5 oyida Farg‘ona viloyatida 2 575 ta jinoyat qayd etildi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobar ko‘p demakdir. Ushbu hududda hisobot davrida o‘g‘irlik va talonchilik 2,5 barobarga oshgan.
Mavzuga oid
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026
UXX ikki yuqori lavozimli harbiyni “jinoyat ustida” ushladi
20:43 / 03.02.2026