Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yosh yigit o‘zidan 30 yosh katta mahalladoshining umriga zomin bo‘ldi
Jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.
2020 yil 11 iyun kunidan 12 iyun kuniga o‘tar kechasi soat 01:30da Samarqand tumani “Yangiariq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 52 yoshli T.B. va 22 yoshli M.S. o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik natijasida, M.S. fuqaro T.B.ning yuz sohasiga qo‘llari bilan urib tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada T.B. Samarqand tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha M.S. JKning 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Fuqaro T.B. shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 2020 yil 22 iyun kuni shifoxonada vafot etgan. Jinoyat ishi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
20:25 / 10.06.2026