Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada reabilitatsiya markaziga uyushtirilgan hujum vaqtida 24 kishi halok bo‘ldi
Meksikaning Irapuato shahrida giyohvandlar uchun mo‘ljallangan reabilitatsiya markaziga qurolli hujum oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi yaralandi. Bu haqda Guanaxuato shtati politsiya rahbari Pedro Kortes Alkala ma'lum qildi.
Alkala jurnalistlarga hujum vaqtida biror kim o‘g‘irlab ketilgan bo‘lishi mumkinligini tasdiqlay olmagan va “O‘z hayotimni qaytaraman” deb nomlangan markaz noqonuniy ishlaganini ma'lum qilgan.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, markazga uchta yuk mashinasida kelgan bir guruh odamlar hujum qilgan. Jinoyatchilarni politsiya qidirmoqda. Hujumning ehtimoliy sababi ma'lum qilinmagan.
Voqea joyiga shahar va shtat politsiyasi, armiya va milliy gvardiya kuchlari tortilgan.
2019 yil dekabrda ham Irapuatodagi shunday markazlardan biridan 20dan ko‘proq kishi o‘g‘irlab ketilgan.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026