“Bu ikkinchi to‘lqin emas, birinchi to‘lqinning qayta avj olishi” – JSST eksperti
Ikkinchi to‘lqin haqidagi taxminlar koronavirusning respiratorli virus ekanligidan kelib chiqib qilingan. Respiratorli viruslar esa odamlar gavjum joylarda tez tarqaladi va mavsumiy tusga ega.
Ayrim mamlakatlarda koronavirusga chalinishning yangi avji kuzatilmoqda, ammo bu ikkinchi to‘lqin emas, dedi JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan.
"Ikkinchi to‘lqin bo‘lishiga aniq ishonch yo‘q. Bu biz koronaviruslar va respiratorli viruslar haqida bilganlarimizga asoslanib qilingan ilmiy taxmin. Hozir ko‘plab mamlakatlarda kuzatilayotgan holat ikkinchi to‘lqin emas. Bu virus yetarlicha bartaraf qilinmagan joylardagi birinchi to‘lqinning qaytadan avj olishi. Biz o‘ylaganimizdan ko‘ra qiyinroq vaziyatda qolishimiz mumkin", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi to‘lqin haqidagi taxminlar koronavirusning respiratorli virus ekanligidan kelib chiqib qilingan. Respiratorli viruslar esa odamlar gavjum joylarda tez tarqaladi va mavsumiy tusga ega.
Avvalroq Maykl Rayan agarda mamlakatlar COVID-19dan himoyalanmagan holda chegaralarni ochishda davom etadigan bo‘lsa, vaziyat eng yomon ssenariy bo‘yicha rivojlanishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022