Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Nazarboyevning qonidan vaksina ishlab chiqishda foydalanilayotgani to‘g‘risidagi xabar rad etildi
Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning qonidan koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqilishi haqidagi ma'lumot haqiqatdan yiroq. Bu haqda mamlakat Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi matbuot xizmati infeksiya tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabning «Telegram» kanalida xabar berdi.
«Fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlar va internetda noto‘g‘ri ma'lumotlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘raymiz. Faqat rasmiy manbalarga ishoning», - deyiladi xabarda va aniqlik kiritilishicha, bila turib yolg‘on ma'lumot tarqatish Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 274-moddasiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Avvalroq, «Panorama» satirik nashri Qozog‘istonda Nazarboyevning qon materiallaridan koronavirus uchun vaksina ishlab chiqish boshlangani haqida xabar berdi. Satirik saytda ta'kidlanishicha, bu ishni Qozog‘iston Fanlar akademiyasi amalga oshirmoqda.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, Qozog‘iston sobiq rahbari xalqqa videomurojaat qilib, unda «fuqarolarga karantin choralariga rioya qilish muhimligini eslatib o‘tgan va xalq usullari to‘g‘risida gapirib bergan». «Panorama» ushbu choralar orasida qimiz va qo‘y yog‘i borligini bildirgan.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025