“Formula-1”ning 6 poygachisi irqchilikka qarshi kurash belgisi sifatida tiz cho‘kishni istamadi

Foto: AP
“Formula-1” poygasining joriy mavsumdagi ilk bosqichi – Avstriya gran-prisida ishtirok etayotgan 6 poygachi irqiy tahqirlashga qarshi kurash belgisi sifatida tiz cho‘kishni istamadi.
Biroq shu bilan birga, barcha poygachilar irqchilikka qarshi chaqiruvchi yozuvlar tushirilgan futbolkalarda bo‘lgan. Tiz cho‘kishni istamagan poygachilar orasida “Alfa Tauri” jamoasi poygachisi Daniil Kvyat, “Maklaren” poygachisi Karlos Sayns, “Alfa Romeo” poygachilari Kimi Raykkonen va Antonio Jovinatssi, “Red Bull” poygachisi Maks Ferstappen va “Ferrari” poygachisi Sharl Lekler bo‘lgan.
Poyga boshlanishidan oldin Ferstappen va Lekler irqchilikka qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlashlarini, biroq tiz cho‘kmasliklarini ma'lum qilishgan.
“Men turli davlatlarda ziddiyatli qabul qilinishi mumkin bo‘lgan rasmiy belgilarni emas, balki har kungi hayotimizdagi xatti-harakatlarni muhimroq deb bilaman. Men tiz cho‘kmayman, biroq bu mening boshqalarga nisbatan irqchilikka qarshi kurashni kamroq qo‘llab-quvvatlashimni anglatmaydi”, deb yozgan Lekler.
Poygachilarning irqchilikka qarshi norozilik bildirishi aksiyasi Black Lives Matter (Qora tanlilar hayoti muhim) harakati doirasida bo‘lib o‘tgan. Ushbu harakat AQShda qora tanli Jorj Floyd o‘limidan keyin yuz bergan noroziliklar va tartibsizliklardan keyin e'tiborga tushgandi.
Koronavirus pandemiyasi sababli “Formula-1”ning 2020 yilgi mavsumi sezilarli o‘zgarishlarga uchradi. Dastlab poyga Avstraliyada mart o‘rtalarida start olishi kerak edi. Biroq ushbu bosqich hamda Monako, Ozarboyjon, Singapur, Yaponiya, Niderlandiya va Fransiyadagi bosqichlar bekor qilingan.
Shuningdek, Xitoy, Bahrayn, Vetnam va Kanadadagi bosqichlar ham noma'lum muddatga qoldirilgan. Ayni vaqtda poyga rahbariyati 8 ta bosqichdan iborat taqvimni e'lon qildi. Bu bosqichlarning barchasi tomoshabinlarsiz o‘tadi. Avstriyaning Shpilberg trassasida 3-5 va 10-12 iyul kunlari hamda Britaniyaning Silverstoun trassasida 31 iyul-2 avgust va 7-9 avgust kunlari ikkitadan bosqich o‘tkaziladi. Shuningdek, Budapeshtda 17-19 iyulda, Barselonada 14-16 avgustda, Belgiyaning Spa trassasida 28-30 avgustda va Italiyaning Monsa shahrida 4-6 sentyabrda poygalar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Sochida kuzda yana ikkita bosqich o‘tkazilishi mumkin.
Dastlabki taqvim bo‘yicha rekord sondagi 22 ta poyga o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Avvalgi mavsum natijalariga ko‘ra, britaniyalik poygachi Lyuis Hemilton chempion bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
Jahon | 23:06
-
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi
Jahon | 22:27
-
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:10
-
Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi
Jahon | 21:44
Mavzuga oid

17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi

17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi

23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

13:26 / 17.06.2023