Koronavirus: Bir kunda uchinchi o‘lim qayd etildi, jami o‘lim holatlari soni 34taga yetdi
3 iyul kuni koronavirusga chalingani aniqlanib, 7-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, Yunusobod tumanida yashagan 49 yoshli ayol olamdan o‘tdi. Bu O‘zbekistonda koronavirus tufayli qayd etilgan 34-o‘lim bo‘ldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda koronavirusga chalingan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etgani haqida xabar berdi.
«Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 49 yoshli N.U. (ayol kishi) bir necha kun davomida tana haroratining ko‘tarilishi, tomog‘ida og‘riq va holsizlik bo‘lishiga qaramasdan shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilmagan.
Joriy yil 3 iyul kuni bemor xususiy klinikada koronavirusga tahlil topshirgan. Shu kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli 7-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, sun'iy nafas olish apparatiga ulangan.
Unga «Ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, koma I» tashxisi qo‘yilgan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Shu tariqa, O‘zbekistonda ilk marta bir kunda koronavirusdan uchta o‘lim holati qayd etildi. Bugun kun davomida Toshkentda 71 yoshli ayol va 45 yoshli erkak olamdan o‘tgani xabar qilingandi.
Hozirgacha Toshkentda 20, Namanganda 4, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo va Jizzaxda 2tadan, Farg‘ona va Qashqadaryoda bittadan o‘lim ro‘y berdi.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022