Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST missiyasi Turkmanistonga kelmoqda
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 5 kishidan iborat ekspertlar guruhi Turkmanistonga tashrif buyurmoqda.
Tashkilotning mintaqaviy direktori Hans Klyuge tvitterdagi akkauntida Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahridan Ashxobodga charter reys amalga oshirayotgan «Turkman aviayo‘llari» samolyoti suratini joylashtirgan.
JSST missiyasi Turkmanistonda 10 kun davomida bo‘ladi, bu muddat davomida mahalliy ma'murlar bilan koronavirus epidemiyasiga tayyorgarlikning turli jihatlari bo‘yicha ish olib borish rejalashtirilgan. Delegatsiya tarkibida epidemiologiya va jamoat sog‘ligini saqlash sohalari vakillari bo‘lgan 5 nafar xalqaro ekspertlar o‘rin olgan.
Tashkilot rasmiysi Katrin Smolvud ushbu mamlakatda virus kirib kelishining oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rilganini ta'kidlagan.
JSST shu yilning 11 martda koronavirus pandemiyasi haqida e'lon qilgandi. Ayrim manbalar ma'lumotiga ko‘ra, koronavirus 2019 yil noyabridayoq tarqalishni boshlagan.
Turkmaniston Markaziy Osiyoda koronavirus rasman aniqlanmagan yagona davlat hisoblanadi. Bungacha JSST mutaxassislarining ushbu mamlakatga tashrifi bir necha marta qoldirilgandi.
Mavzuga oid
18:50 / 08.05.2026
JSST hantavirusning dunyo bo‘ylab tarqalish xavfi pastligini ma’lum qildi
14:51 / 22.04.2026
JSST rahbari Ziroat Mirziyoyevani bolalar saratoniga qarshi kurashda yetakchi deb atadi
13:21 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan uchrashdi
08:10 / 31.03.2026